O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi YEI ASK Fasility dasturining texnik ko‘magi ostida Toshkent viloyatidagi kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari uchun tender eʼlon qiladi.
G‘oliblar maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini yo‘lga qo‘yish, mehnat unumdorligini va daromadlarni oshirish imkoniyatlarini taqdim etuvchi seminar-treninglarda qatnashib, maslahat xizmatlaridan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Nomzodlar o‘quv-yordamchi maslahatchilar tomonidan quyidagi 5 ta lotda taqdim etilgan maslahat xizmatlaridan ehtiyojlariga mosini cheklanmagan miqdorda tanlashi mumkin.
1-lot. Dehqonchilik
2-lot. Chorvachilik
3-lot. Dehqon taʼlim yo‘nalishi (aralash qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimi uchun)
4-lot. Agrobiznesni rejalashtirish va moliyaviy taʼlim
5-lot. Yuzma-yuz konsultatsiyalar
Har bir lot ishlab chiqarish mavsumiga muvofiq bir necha oy davomida bo‘lib o‘tadigan 12 ta treningdan iborat.
Trening muddati: iyun-dekabr
To‘lov: treninglar mutlaqo bepul.
Arizalarni Telegram bot orqali topshirish mumkin: https://t.me/agrotrening_bot
Arizalarni topshirish muddati: 2022-y 1-iyun.
Qo‘shimcha maʼlumot: Agrotrening@agro.uz
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: