O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK vakillari Putra Universiti Malaysianing qishloq xo‘jaligi kafedrasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazishdi.
Tomonlar tuproqshunoslik, tuproq laboratoriyasini modernizatsiya qilish va yer tuzish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama etishdi.
Shu tariqa donor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Malayziyalik hamkorlar «Tuproqsifattahlil” DUK tuproq laboratoriyasi uchun xalqaro ISO standartlari sonini kengaytirish yuzasidan TS ISO 11265 (Elektrometrik usulda elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash) va TC ISO 10390 (pHni aniqlash bo‘yicha elektrometrik usul) kabi tuproqni tahlil qilish usullarini muqobillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.
Shuningdek, mutaxassislarning tajriba almashish va malakasini oshirish dasturini tashkil etish masalasi ham ko‘tarildi.
Universiti Putra Malaysia universiteti qishloq xo’jaligi sohasida Malayziyaning eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet rekonstruksiyasidan so‘ng qishloq xo‘jaligi fakulteti modernizatsiya qilindi va kengaytirildi, jumladan, tuproqshunoslik va laboratoriya xizmati keng yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyalar zamonaviy sinov uskunalari bilan to‘liq jihozlangan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: