10-13-may kunlari Farg‘onada Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maslahat xizmatlari markazining AKIS uchun bo‘lajak maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha trening formatidagi birinchi sinov loyihasi o‘tkazilmoqda. Tadbir Jahon banki XRAning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Ta’lim shaklidagi uchrashuvlar Jahon banki ekspertlari tomonidan Yevropa Ittifoqining ASK Facility loyihasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda Farg‘ona shahridagi qishloq xo‘jaligida bilim va xizmatlar AKIS markaziga ishga nomzod sifatida ko‘rilayotgan viloyatdagi agrar yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi 4-kurs talabalari ishtirok etishdi. Treningda jami 37 kishi qatnashdi.
Trening ikkita modulni o‘z ichiga oldi. Birinchi modulda ekspertlar asosiy konsalting ko‘nikmalari va bilimlarni uzatish usullari bilan o‘rtoqlashdi, ikkinchi modulda esa maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti standarti (GAP) ma’lumotlari taqdim etildi. Bular atrof-muhitni himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlarni beshikast boqish standartlaridir. O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari nazariy bilimlar bilan bir qatorda dala ishlari davom etayotgan to‘rtta fermer xo‘jaligiga ham borishdi. Shu tariqa, bugun ishtirokchilar fermer xo‘jaliklaridan birining dalasida amaliy mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Tashkilotchilarning g‘oyasi shundan iboratki, mazkur o‘quv amaliyoti yangi maslahatchilarga murakkab bo‘lgan dala ishlarini olib borishni osonlashtiradi va natijaga erishishda fermerlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Yangi tinglovchilar uchun ana shunday treningni keyingi haftada 16-19-may kunlari Samarqand shahrida, so‘ng Toshkent viloyatida (Chirchiq) o‘tkazish rejalashtirilgan. Treninglarning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish may oyining oxiri – iyun oyi boshida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: