O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda kelgusi yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilish hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish vazifasi yuklatilgan.
Shunga muvofiq, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan jahon bozori hamda mintaqaviy birjalar narxlari tahlil qilinib, 1 tonna g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narx 3,0 mln* so‘m bo‘lishi e’lon qilinadi.
Ushbu ma’lumot Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga (facebook, telegram) joylashtirildi.
*Bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: