Bugun, 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa mintaqaviy konferensiyasi (YMK)ning 33-sessiyasida onlayn formatda so‘zga chiqdi. Bu yil konferensiya 10-13-may kunlari Polshada o‘tkazilmoqda.
U FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasining 32-sessiyasi yakunlari bo‘yicha ma’ruza qildi, vazir 2020-yil noyabr oyida mazkur konferensiyaning 2022-yilgacha raisi etib saylangan edi.
Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Mintaqaviy konferensiya rasmiy forum bo‘lib, uning doirasida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi FAOga a’zo barcha mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa yuqori darajadagi rasmiylari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishadi va bu bilan mintaqaning oziq-ovqat tizimlari barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shishadi.
FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasining 32-sessiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev nutqining matni va onlayn chiqishi aks etgan videoyozuv quyida keltirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: