Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” davlat unitar korxonasi va Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamkorligida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda “Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga ekinlarni yetishtirish uchun kerakli moddiy-texnik resurslar, jumladan, urug‘lik va ko‘chatlarni yetkazib berish va sohaga doir xizmatlarni ko‘rsatish masalalari muhokama etildi. Korxonaning rahbar va mutaxassislari esa, fermer xo‘jaligi vakillari va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.
Tadbir qatnashchilari urug‘lik va ko‘chatlarni xarid qilishda qarz mablag‘lari ajratilishiga doir maʼlumotlar bilan qiziqishdi.
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-sonli Qaroriga ko‘ra, bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni moddiy resurslar bilan taʼminlash hamda yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratishga oid maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida tashkil etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: