O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligi fanlarini o‘zbek tilida o‘qitishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida lug‘at bazasini, jumladan, qishloq xo‘jaligi terminologiyasini kengaytirish zarurati xususida so‘z bordi. Universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ishtirokida 23 yo‘nalish bo‘yicha lug‘atlar ishlab chiqilgani haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Davlat tilida ish yuritish asoslari” deb nomlangan 20 soatlik video kurs tayyorlanib, masofaviy ta’lim tizimiga joylashtirildi.
Seminar doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakolatxonasi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ofis texnikasi sovg‘a qilindi.
Tadbirda BMT FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov so‘zga chiqib, FAO “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” va “Qishloq xo‘jaligi atamalarining rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi lug‘ati” ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: