Nashr haqida: 2021-yil uchun agrooziq-ovqat sohasi bo‘yicha ushbu yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrooziq-ovqat sanoatini rivojlantirish xalqaro strategik markazi (ISCAD) tomonidan vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi bilan birgalikda tayyorlandi. Ushbu hisobot YEIning “Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini kengaytirish” dasturining (ASK Facility) texnik yordami bilan chop etilgan.
Hisobotda 2020-2021-yillarda O‘zbekiston agrooziq-ovqat tarmog‘ining holati va tendensiyalarini ochib beruvchi maʼlumotlar taqdim etilgan. Hisobot ko‘rib chiqilayotgan davrda agrooziq-ovqat siyosatida qabul qilingan tadbirlar va dasturlar haqida foydali maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi; o‘simlikshunoslik va chorvachilikda ishlab chiqarish dinamikasi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tendensiyalari; shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini eksport qilish hajmlari va yo‘nalishlari.
Hisobotni tayyorlash ishlari Alisher Shukurov (ISCAD direktori, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi) boshchiligida olib borildi. Adrian Nil (ASK dasturi guruh rahbari, O‘zR qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi), Isroil Xolmirzayev (O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri ijro apparati rahbari), Orifjon Namozov (agrooziq-ovqat axboroti, statistika va tahlil bo‘yicha katta eksperti), tahlilchilar Oygul Jumanazarova va Lazizxon Abdulazizov hisobotni tayyorlashga texnik ko‘mak ko‘rsatishdi va o‘z hissalarini qo‘shishdi.
2. “MAQBUL QISHLOQ XO‘JALIGI AMALIYOTI” QO‘LLANMASI
Nashr haqida: “Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti” qo‘llanmasi (GAP)ni tayyorlashga “2020-2030-yillarda O‘zbekistonning agrooziq-ovqat sohasini rivojlantirish strategiyasiga YEI ko‘magi” loyihasi tashabbus ko‘rsatdi va uni qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu Qo‘llanmaning maqsadi O‘zbekiston fermerlari va qishloq xo‘jaligi maslahatchilariga maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etishda yordam berishdan iborat. Qo‘llanma fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining mahalliy va tashqi bozorlarga mahsuldor, raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqishi, atrof-muhitni muhofaza qilgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishida juda qo‘l keladi.
Mualliflar: Slaven Aliinovich –nuqsonlar va standartlashtirish bo‘yicha yetakchi ekspert, Xrvoye Ivan Horvat –chorvachilik bo‘yicha GAP eksperti, Xabibullo Hamdamov – chorvachilik bo‘yicha GAP eksperti, Xandam Qarshiboyev – o‘simlikshunoslik bo‘yicha GAP eksperti.
Maslahatchilar: Alisher Shukurov – Qishloq xo‘jaligi vazirligi maslahatchisi, Shuhrat Amanov – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Bozorboy Elmurodov – Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Usmon Norqulov – Toshkent Davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi va melioratsiya kafedrasi professori.
Ushbu kitoblarning to‘liq talqinini yaqin kunlarda saytimizda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuklab olishingiz mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: