O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Prezidentning 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son “Agrar taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida tashkil etilgan.
Bugungi kunda institutda 4 450 o‘ringa mo‘ljallangan, taʼlimning texnik vositalari bilan jihozlangan 4 ta zamonaviy o‘quv binosi, yangi uskunalar bilan taʼminlangan 9 ta laboratoriya xonasi, 46 gektar maydondagi axborot-maslahat markazi, 700 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi, sport zali va maydoncha, axborot-resurs markazi joylashgan. Universitet hududi to‘liq Wi-Fi zonasi bilan qoplangan.
Talabalarning bo‘sh vaqtida bandligi uchun 7 gektar maydonga ega 2 ta issiqxona, intensiv bog‘ yaratilgan. Shuningdek, institut hududida o‘quv-tajriba xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, u yerda o‘qituvchi va talabalar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi, tajribalarini olib borishi mumkin.
Institut tuzilmasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar faoliyat yuritadi:
2021–2022-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:
2021–2022-o‘quv yilidan boshlab magistraturaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim yo‘lga qo‘yilgan:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: