Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tashabbusi bilan vazirlik va BMT FAO tashkiloti hamkorligida “Butunjahon Yer kuni”ga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjumanda qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirishda erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning istiqboldagi ijobiy yechimlari to‘g‘risida olimlar, tuproqshunoslar va boshqa mutaxassislar, shuningdek, hayotini tuproq va uning salohiyatini o‘rganishga bag‘ishlagan ilm-fan vakillari tomonidan fikr mulohazalar bildirildi.
Jumladan, qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, global iqlim o’zgarishlari sharoitida ozuqa ekinlarini parvarishlash, yerlardan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish, shuningdek, monitoring ishlari, qishloq xo’jaligi yerlarini xaritalash va baholash kabi mavzular muhokama etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: