Respublikada kartoshkachilikni rivojlantirish, yangi navlarni yaratish, mavjud muammolar va yechimi haqida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish” boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Kirgizboyev bilan bo‘lgan suhbatdan bilib olishingiz mumkin.
1.Kartoshka yetishtirish yoki ichki ehtiyojni qondirish masalasida qanday muammolar mavjud?
Asosan kartoshka qisman yetishmaslik davri respublikamizda mahsulot yetishtirilmaydigan mavsumda, ya’ni yanvar-may oylariga to‘g‘ri keladi. Tibbiy me’yorlariga muvofiq aholining kartoshkaga 1 yillik ehtiyoji (iste’mol me’yori 52,6 kg) 1,9 mln tonna bo‘lib, amalda yillik iste’mol (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yori 96,7 kg) 3,4 mln tonnani tashkil etadi. 2021-yilda Respublika bo‘yicha 3,3 mln tonna yalpi hosil olinib, shundan 650 ming tonna kelgusi yil uchun urug‘likka jamg‘arildi. Mazkur normalarni JSST normalaridan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish lozim.
2.Kartoshka yetishtirish bo‘yicha qanday navlar yaratilmoqda? Bu borada olimlarning sa’y-harakati qanday?
Qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kartoshkaning O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi kiritilgan, shundan, 19 ta nav mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan.
Shuningdek, kartoshka tuganaklarini intensiv va zararli organizmlardan (virus, bakteriya) holi yetishtirish maqsadida 5 ta (Toshkent shahri, Toshkent va Andijon, viloyatlarida) zamonaviy
“in-vitro” laboratoriyalari tashkil etildi. 2021-yil Toshkent viloyati Yuqoriсhirchiq tumanida O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi ish boshladi. Ushbu markaz tomonidan Vengriyaning “Hungarian University of Agriculture and Life Sciences – Potato Research Center” tashkiloti bilan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan, ushbu mamlakat seleksiyasiga mansub 6 ta – “Aranu clipke”, “Balatoni Rossa”, “Demon”, “Botant”, “White”, “09-688” nav namunalari yurtimiz tuproq-iqlim sharoitida sinash maqsadida olib kelinib, bugungi kunda ilmiy tajribalar olib borilmoqda.
Kartoshkachilik sohasini rivojlantirish maqsadida “Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi”, 9 ta tumanda (Bo‘stonliq, Bulung‘ur, Kitob, Baxmal, Zomin, Qo‘rg‘ontepa, Shahrisabz, Yangiqo‘rg‘on, va So‘x) kartoshkachilik markazlari hamda yangi tizim tariqasida 8 ta kartoshkachilik klasterlari tashkil etildi. Kartoshka tuganaklarini intensiv va zararli organizmlardan holi yetishtirish maqsadida 5 ta zamonaviy “In-vitro” laboratoriyalari tashkil etildi.
Aholini kartoshka mahsulotiga bo‘lgan ist’emol talabini qoplash maqsadida 10 ta viloyatning 40 ta tumani kartoshka yetishtirishga, 23 ta tumani urug‘lik, 9 ta tumani super elita avlodini yetishtirishga hamda yangi tizim tariqasida 9 ta kartoshkachilik klasterlari tashkil etildi.
Respublikada kartoshka urug‘chiligi sohasini yanada rivojlantirish, urug‘chilik fondini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, ixtisoslashgan agroklasterlar tashkil etish, urug‘lik yetishtirish tizimini takomillashtirish hamda ichki iste’mol bozori talabini mahalliy sharoitda yetishtirilgan kartoshka bilan to‘liq ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ishlab chiqildi. 2022-yilda Respublika aholisini kartoshkaga bo‘lgan talabini qondirish, ichki bozordagi narx-navoning barqarorligini saqlash maqsadida kartoshka ekin maydonlarini kengaytirish va ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarda 243 ming ga yoki 2021-yilga nisbatan +86 ming ga ko‘p kartoshka joylashtirildi. Jumladan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 153 ming ga (70 ming ga ko‘p), shundan, asosiy maydonlarga 115,5 ming ga (65 ming ga ko‘p), bog‘-tok qator orasiga 7,3 ming ga (4,4 ming ga ko‘p) hamda takroriy maydonlarda 30 ming ga kartoshka hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 90 ming ga (2021-yilga nisb. 10 ming ga ko‘p) joylashtirildi.
Ushbu maydonlardan 2022-yilda 4,1 mln tonna (+ 850 ming tn ko‘p) shundan, fermer xo‘jaliklarida 2,6 mln tonna va aholi tomorqalarida 1,5 mln tonna kartoshka yetishtirish prognoz qilib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: