❓Yirik qishloq xo‘jaligi maydonlarini sug‘orishda vaqt, kuch, suv va o‘g‘it sarfini qanday qilib 50% gacha qisqartirish mumkin?
❓Bir maromda, tez va aniq sug‘orishni qanday ta’minlash mumkin?
Global bozor fermerlarga yordam bo‘lishi uchun Avstriyaning butun dunyo bo‘ylab ishonch qozonib ulgurgan zamonaviy avtomatlashtirilgan yomg‘irlatish tipidagi sug‘orish tizimlarini taklif etadi.
Endilikda respublikamiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ularni imtiyozli shartlarda sotib olishlari mumkin:
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan hukumat loyihasi doirasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yillik lizing asosida.
Tizimlar ham suv bilan sug‘orish, ham eruvchan o‘g‘itlar, jumladan, go‘ngni yuborish uchun mo‘ljallangan.
Xodimlarni maxsus tayyorlash talab etilmaydi.
✅Uzoq masofaga purkovchi baraban tipidagi sug‘orish uskunasi
turli uzunlik va kenglikdagi dalalar uchun yaroqli bo‘lib, shuningdek, don va dala ekinlari, ildizmevali o‘simliklar, sabzavotlar va boshqa yashil maydonlarni sug‘orish uchun moslashtirilgan.
Avtomatik tizimga ega ko‘chma barabanli sug‘orish tizimini boshqarish juda oson va u bir o‘tishda 6 gektarga yaqin maydonning to‘laqonli sug‘orilishini ta’minlay oladi.
✅✅ Keng enlamli sug‘orish qurilmasi
Bunday tizim qishloq xo‘jaligi maydoniga o‘rnatiladi va qat’iy ravishda faqat radius bo‘ylab harakatlanadi.
Chiziqli sug‘orish tizimi ko‘plab konsollar yordamida 24 soat ichida bir bosqichda 40 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish imkonini beradi.
Uzluksiz harakat, boshqariladigan tezlik va suyuqlik hajmi suv va o‘g‘it dalaning butun yuzasi bo‘ylab aniq taqsimlanishini ta’minlaydi.
Loyiha doirasida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ta’minlaydi:
Avstriyalik mutaxassislar ishtirokida qishloq xo‘jaligi hududining dastlabki tahlilini o‘tkazish;
Tuproq-iqlim xususiyatlari va sug‘oriladigan ekinlar turini hisobga olgan holda agro ishlab chiqaruvchi vazifalariga muvofiq holda texnologik yechimlarning ishlab chiqilishi;
Uskunalarni to‘liq o‘rnatish;
Kafolatli xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlarni yetkazib berish va ta’mirlash;
Agronomik yordam.
Batafsil maslahat telefon orqali:
(+998) 712067219
(+998) 909667155
Irrigatsiya qurilmalari va jihozlari bilan shaxsan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi AKIS markazi hududida tanishish mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: