2022-yil 7-aprel kuni O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyati tumanlaridagi agrar soha obyektlariga tashrif buyurdi.
Dastlab Sirdaryo tumanidagi “Agro Eko Teknoloji” fermer xo‘jaligiga tegishli uzumzor, “Fotima Xasan Xusan” hamda “Sokin Sindorobod” va “Sir Universal Baraka” fermer xo‘jaliklari yerlariga kartoshka va soya ekilayotgan maydonlar borib ko‘rildi.
Shunindek, Sayxunobod tumanidagi chigit, soya, kartoshka va oshqovoq ekiladigan maydonlardagi shart-sharoitlar hamda agrotexnologiyalar, Guliston tumanidagi xo‘jaliklar bilan tanishildi.
Ishchi guruh sayyor uchrashuvlari davomida fermerlar mutaxassilar va rahbarlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, agrar sohadagi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tuman hokimligi binosida fermer va dehqonlar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, unda muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi muhokama etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: