O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) o‘z jamoasiga mutaxassislarni ishga taklif qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) kredit mablag‘larini boshqaradigan, bu mablag‘larni JB, OTB, QXRXJ va JICA kabi turli xalqaro moliya institutlari orqali taqdim etuvchi tashkilot Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda o‘z jamoasiga yuqori malakali mutaxassislarni taklif qiladi. Vakant lavozimlar quyidagi yo‘nalishlarda:
1) Direktorning strategik rejalashtirish, dasturlash va tahlil bo‘yicha o‘rinbosari
2) Strategik rejalashtirish va dasturlash bo‘limi boshlig‘i
3) Strategik rejalashtirish va axborot bo‘limi boshlig‘i
4) Loyihalarni boshqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
5) Oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmoli tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i
6) Hodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
ISCADdagi ish “bajara olaman» – “bajaraman” tamoyili asosida ishlovchi, shuningdek, zamonaviy va yangicha fikrlovchi hamda kelajakka nisbatan o‘z qarashlariga ega bo‘lgan novatorlar uchun mo‘ljallangan. Ma‘qul nomzod do‘stona muhit hukm suradigan jamoaning bir qismiga aylanadi va o‘zgaruvchan sharoitda ishlaydi, shuningdek, keng doiradagi fanlararo ekspertlar hamda turli manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ariza topshirish uchun quyidagi havolaga o‘tishingizni va https://tinyurl.com/ycttnbve shaklni to‘ldirishingizni so‘raymiz (ingliz tilida).
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 23–aprel.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: