“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonun O‘zR Prezidentining PF-5995-sonli “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qonun tomonidan organik mahsulotlar sohasida, shuningdek, ushbu yo‘nalishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilanadi.
Mazkur Qonunda organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, unga muvofiq ular ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish chog‘ida o‘z firma nomidan, tovar belgisidan va xizmat ko‘rsatish belgisidan foydalanish, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar (ishlar) turlarini, shu jumladan muvofiqlikni baholash organlarini va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega.
Shuningdek, Qonun bilan organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar faoliyati doirasida organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi belgilangan.
Qonun tomonidan organik mahsulotlar sohasida asosiy muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilanadi.
Bundan tashqari, muvofiqlikni baholash organini avtorizatsiyalashtirish, organik mahsulotlar sohasidagi ekvivalentlikni baholash, organik mahsulotlarni tamg‘alash mexanizmlari ham ochib berilgan.
Qonunning qabul qilinishi organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqarish tizimidagi munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik subyektlari munosabatlarini huquqiy tartibga solishga yordam beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: