Toshkent viloyatida O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ishtirokida tashkil etilgan «AgroMarafon-2021″ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy tadbirda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentiligi markaziy kengashi raisi Shavkat Zayniddinov, shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi va YXHT vakillari «Agromarafon» ishtirokchilarining savollariga javob berishdi.
2021-yilning oktabr oyida Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va xizmatlar AKIS markazida boshlangan «AgroMarafon» o‘tgan uch oy mobaynida 8 mingdan ziyod yosh fermer hamda o‘z ishini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qo‘lga kiritgan yoshlarni jalb etdi.
«AgroMarafon»ning asosiy maqsadi yangi hamda salohiyatli agrotadbirkorlarga motivatsiya berish va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishdan iborat. Shu maqsadda mamlakatimizning barcha viloyatlarida agrobiznesning muvaffaqiyat qozongan vakillari ishtirokida motivatsion treninglar hamda qishloq xo‘jaligi klasterlari va zamonaviy issiqxonalarga turkum demo-turlar tashkil etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: