Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Toshkentda dehqon xo‘jaliklari uchun konsultant-trenerlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilmoqda

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Toshkentda dehqon xo‘jaliklari uchun konsultant-trenerlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilmoqda
Yan 10, 2022 Posted by: Media markaz Fotoreportajlar Videoreportajlar Yangiliklar

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan dehqon xo‘jaliklari vakillari uchun besh kunlik turkum mahorat darslari tashkil etildi.


Treninglar davomida professor va ilmiy xodimlar tuproqshunoslik, sug‘orish tizimlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, ko‘chatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


ToT tarzida o‘tkazilgan mahorat darslariga respublikaning har bir viloyatidan 10 tadan, jami 130 nafar konsultant-trener tashrif buyurdi.


Mazkur tadbir orqali sohada samaradorlikni oshirish, dehqon xo‘jaliklariga amaliy yordam berish va konsultant-trenerlarni tayorlash ko‘zda tutilgan.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: