O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik xizmat xodimlari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilindi. 2022-yilda ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama etildi.
Shuningdek, tadbirda vazirlik tizimida korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda yuridik xizmatning tutgan o‘rnini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: