Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov joylarda qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Dastlab, vazir “Buxoro Agroklaster Chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu chorvachilik kompleksining tashkil etilganiga uch yilgina bo‘lishiga qaramay bugungi kunda respublikadagi boshqa chorvachilik komplekslariga na’muna bo‘lib kelmoqda. Ilm va innovatsiyani to’gri joriy qila olish chorvachilik sohasining keyingi istiqbolini belgilovchi omil ekanligiga mana shu yerda guvoh boʻlasiz. Chorva mollarini musiqa qo’yish orqali parvarish qilish, ularni boqishda gigienik talablarga qat’iy rioya qilish, maxsus oziqlantirish ratsioni bu yerda amaliyotga puxta joriy etilgan. Bu kabi ishlar tadbirkorlarga o’zlashtirish qiyin boʻlgan ishdek tuyular edi. Ammo vaqt o’tdi. Bugungi kun tadbirkorlari davr bilan hamnafas ish ko’rmoqda. «Buxoro agroklaster chorva» MCHJ fermasida qoramollarni parvarish qilishda eng so’nggi uslublar qo’llanilmoqda. Innovatsiyani maqbul shartlarda joriy etish esa aynan mana shu sohani kelgusida rivoj topishida turtki berishi bor gap. Bugungi kunda chorvachilik majmuasida jami 3 000 bosh sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanib kelinmoqda. Shundan 1 000 bosh Golshtin, Simmental va Shvis zotli sog‘in sigirlardir. Naslchilik seleksiya ishlarini keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida hozirda bu yerda Angus va Belgiya zotli qoramollar ham keltirilib parvarishlanmoqda.
Bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha 28 litr kunlik esa jami 28 tonna sut olishga erishildi.
Bundan tashqari “Xo‘jalikdan dasturxongacha” tizimi asosida faoliyat yuritayotgan chorvachilik kompleksida ilm va amaliyotni birlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida “Chorvadorlar maktabi” tashkil etilgan.
Ushbu maktabda bugungi kunda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan zootexnik va veterinarlar malaka oshirib kelishmoqda.
Mutaxassislar amaliyotga ilmiy yondashuv usulini qo‘llagan holda o‘quv ishlarini olib borishmoqda. Bu yerda malaka oshirayotgan mutaxassislar uchun barcha sharoitlar zamonaviy innovatsion ko‘rinishda yaratib berilgan.
Jumladan, raqamlashtirilgan sut sog‘ish zali ham Turkiya davlatidan keltirilgan bo‘lib, har bir sog‘in sigirning masalan, sog‘ib olingan suti, sigirlarning fiziologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuterda ko‘rsatib turadi.
Bu kompleks “Aqilli chorvachilik komplesi” shaklida faoliyat yuritadi. Qoramollar parvarishi hamda ularni oziqlantirish uchun zamonaviy texnikalardan yaguar kombaynlar, ozuqani hamda sut mahsulotining tahlilini amalga oshirish uchun zamonaviy laboratoriya va ozuqa tayyorlovchi va tashib beruvchi mikserlar Turkiya davlatidan keltirilgan bo‘lib raqamlashtirilgan holda ishlamoqda.
Bundan tashqari qoramollarni xalqaro tajriba asosida klassik musiqa bilan parvarishlash natijasida sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligi oshib, yosh buzoqlarning kunlik o‘sishi tirik vazni meyoridan yuqori ko‘rsatgichda ekanligini ko‘rish mumkin.
Tashkil etilgan chorvachilik maktabi respublikadagi barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan tashkil etiladigan chorvachilik komplekslariga hamda chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda xizmat ko‘rsatadi.
Chorvachilik kompleksi paxta-to‘qimachilik klasteri huzurida tashkil etilganligi sababli ozuqa bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan kuchli ozuqalar arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berilmoqda bu albatta sut tannarxining arzonlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, bu yerda intensiv gidroponika usulda yashil ozuqa yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1 kg bug‘doydan 7 kg yashil ozuqa, kunlik esa 3 tonna 800 kg yetishtirib berilmoqda.
Bundan tashqari chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik kompleksiga 400 gektar ozuqa ekin yer maydoni ajratilgan bo‘lib beda, silos va don uchun makkajo‘xori va oraliq ekinlardan roj bilan tritikali ekib kelinmoqda.
Aholi honadonlari bilan ham hamkorlikdagi ishlar kooperatsiya shaklida tashkil etilib, 500 dan ortiq aholi honadonlariga chorva mollari yetkazib berildi.
Bugun yurtimizda aynan g’alla hosilini yigʻib olish va gʻoʻzalarni parvarishlash bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani bor gap.
Qishloq xo’jaligi vazir Aziz Voitov Darg’ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo’jaligida plyonka ostiga parvarish qilinayotgan g’o’za maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida fermer xo’jaligiga tashrif buyurdi.
Fermer xo’jaligining yer maydoni jami 41.9 gektar, shundan 34.7 gektar maydonga paxta ekilgan bo’lsa, qolgan 6.5 gektar maydonga g’alla ekilgan.
Paxtani bugungi kunda sug’orish, meliorativ holati va uning unumdorligini oshirish bo’yicha ishlar ko’zdan kechirildi. Paxtakorlar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamaga qo’yildi. Eng asosiysi bugun paxtakor manfaatdor bo’lishi nuqtai nazaridan qilinadigan barcha ishlar bo’yicha samimiy suhbat bo’lib o’tdi.
Tashrif davom etmoqda…
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: