Italiyada bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Italiyaning “Rota Guido” kompaniyasi hamkorlikdagi “Exetra” kompaniyasi orqali kreditlash va vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali agrotexnologiyalarni taqdim etish vositasida zootexnikaga oid italyan texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan memorandumni imzolandi. Ushbu memorandumning ijrosi esa, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Alberto Rota, “Rota Guido” kompaniyasi vakili:
“Ushbu biznes forum O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarni, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga yordam beradi. Chunki mamlakatlar o‘z xalqini ta‘minlashi uchun nafaqat yetishtirish, balki ishlab chiqarishga ham ega bo‘lishi o‘ta muhim. Bizning O‘zbekistonda, Jizzax viloyatida hamkorlikdagi loyihamiz mavjud. Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi uchun zavod qurildi. U yerda taxminan 5 000 bosh chorva mollari boqiladi. Shundan 3 500 bosh sigir va qolgan qismi buqa hamda buzoqlardan iborat. Bu keng qamrovli loyiha. Ushbu forum doirasida yana boshqa hamkorliklarga erishishni, shartnomalar tuzishni maqsad qilganmiz. O‘zbekiston uchun bunday shakldagi yirik tadbirlarda qatnashish juda muhimdir. Mamlakatingizda 2 muhim yo‘nalishni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli: infratuzilma va qishloq xo‘jaligi. Agar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni olsak, yo‘llar, temir yo‘llar, hammasi yaxshi holatda va yaxshi imkoniyatlarga ega. Bu esa, qishloq xo‘jaligining rivojiga juda katta yordam beradi”.
Shu o‘rinda, Italiyaning “Rota Guido” kompaniyasi haqidagi ayrim maʼlumotlarni taqdim etsak.
Chorvachilik yo‘nalishidagi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan “Rota Guido” kompaniyasi mana 50 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kompaniya qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ko‘paytirish va fermer xo‘jaliklari faoliyati rivojlanishi uchun keng ko‘lamli uskunalarni taklif etadi. Jumladan, buzoq va sigir, buqalar, qo‘y va echkilar, parranda va quyonlarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan fermer xo‘jaliklari uchun uskuna va jihozlar.
“Rota Guido” hayvonlarni saqlash sharoitlariga e‘tibor qaratgan holda to‘plangan tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviy chorvachilikni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Uning prefabrik metall konstruksiyalari nafaqat chorvachilikda, balki qishloq xo‘jaligida, undagi mahsulotlarni qayta ishlashda va umuman sanoatda ham qo‘llaniladi.
Chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari uchun zarur tuzilmalar bilan jihozlangan ma’lum bir yo‘nalishdagi chorvachilik majmualarini barpo etishda taniqli kompaniya hisoblanadi.
Shuningdek, kompaniya biogaz sohasida yetakchi sanaladi va biogazda ishlaydigan yuqori darajadagi qurilmalarni loyihalashtiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: