Joriy yil 6-iyunda Rimda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Italiya biznes-forumi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga tarmoqni mustahkamlash va barqaror rivojlantirish maqsadlarida investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini muhokama qilish va baholash imkoniyatini berdi.
Tadbir doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan agrosohadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Chunonchi, vazirlik va “Nardi Group” kompaniyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi, uning doirasida sahrolashuvga qarshi kurashish sohasida hamkorlik rejalashtirilmoqda. Hujjatda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida sinov loyihasini joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Italiyaning qishloq xo‘jaligi uchun texnologiyalar va mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi bilan Anglashuv memorandumini tuzdi. Kelishuv doirasida AKIS markazlarida ta’limni tashkil etish, shuningdek o‘zbek operatorlarini o‘qitish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, vazirlik “Rota Guido” kompaniyasi bilan Exetra orqali kreditlash va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali agrotexnologiyalarni taqdim etish vositasida zootexnikaga oid italyan texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan memorandum imzoladi.
Navbatdagi imzolangan hujjat “SINT Tecnologie” kompaniyasi bilan tuzilgan Anglashuv memorandumi bo‘lib, uning doirasida Exetra orqali kreditlash va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali agrotexnologiyalarni taqdim etish vositasida agrooziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash bo‘yicha modulli ko‘chma liniyalarni yaratishda Italiya texnologiyalarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Vazirlik tomonidan imzolangan hujjatlar respublikada eng yangi texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi va uzoq yillar davomida unumdorlikni hamda qishloq xo‘jaligining ekologik rivojlanishini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: