Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya Agrar va amaliy biologiya fanlari universiteti professori Zoltan Lakner bilan uchrashdi.
Vengriya agrar sohasi rivojiga oʻzining ilmiy jihatdan asoslangan tajribalari bilan munosib hissa qoʻshgan professor ayni paytda universitetning “Agrar-sanoat kompleksidagi korxonalar iqtisodiyoti va boshqarmalari” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistondagi ta‘lim tizimi, xususan, Toshkent davlat agrar universiteti bilan bog‘liq
masalalar muhokama qilindi. Professor Lakner ta’lim sohasidagi tajribasi haqida so‘zlab berdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Zoltan Lakner “Corvinus” va “Sent Ishtvan” universitetlarida “Oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, “Sent Ishtvan” universitetining oziq-ovqat fanlari fakultetining ilmiy va xalqaro ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Videokonferensiya ishtirokchilari nomzodga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va batafsil javoblarni olishdi.
Professor Lakner Samarqanddagi konferensiyaga taklif qilindi, unda nomzodlikka oid masalalar batafsil ko‘rib chiqiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: