Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda Aziz Voitov bugun mamlakatimizda barcha jabhada bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilayotganiga, bunda nafaqat soha vakillarini, balki xalqimizni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash masalasi yetakchilik qilayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, Vazir agrar sohaning rivojida, islohotlarni amalga oshirishda Jahon bankining o‘rni va ko‘magi beqiyos ekanini taʼkidlab o‘tdi. Shu bois ham Jahon banki sohaning uzoq yillik va ishonchli hamkori hisoblanadi.
Shuningdek, Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi qay tarzda kechayotganligiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Hozirda Jahon bankining vazirlik bilan amalga oshirilayotgan 4 ta loyihalarining umumiy qiymati 1,36 mlrd dollarni tashkil etadi. Ushbu loyihalar quyidagilardan iborat:
Suhbatda aynan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida bugungi kunga qadar yechimini topmagan bir qator masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Vazir tomonidan ijrosi biroz sekin kechayotgan yoki kechikayotgan loyihalarni ham tezlashtirish taklifi bildirildi. Bu loyihalarni amalga oshirishda har bir yo‘nalishlarning o‘zida alohida Ishchi guruhi tuzilib, jarayonlarni batafsil o‘rganilib, tahlil qilinib, ularni tezlashtirish amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Shuningdek, uchrashuvda Marko Mantovanelli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga oid loyihalar bo‘yicha ham Jahon banki tomonidan mablag‘ ajratish, hamkorlik qilish rejalari ko‘rib chiqilayotganini qayd etib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada jadallashtirish va kelgusida hamkorlikda yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: