Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatlarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepma, loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tomonidan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshiriliayotgan islohotlarga ko‘mak tariqasida taqdim etilayotgan 27 million yevro miqdoridagi grant mablag‘lari va uni maqsadli yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu mablag‘lar esa quyidagi islohotlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan:
Uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik istiqbollari hamda grant mablag‘larini olish bo‘yicha lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: