Rimda bo‘lib o‘tgan FAOning 43-konferensiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki kun mobaynida ko‘plab uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Mamlakatimiz agrar tarmog‘iga oid masalalar muhokama qilindi, foydali shartnomalar imzolandi. Barchasi ko‘tarinki ruhda kechdi.
Aslida, bunday konferensiyalarda barcha rahbar va mutasaddilarning vaqtlari tig‘iz bo‘ladi. Tasodifni qarangki, uchrashuvlar yakunlanib, mamlakatimizga qaytish arafasida, aeroportda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi Prezidenti Alvaro Larioning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Belgilangan muzokaralar, daqiqasigacha taqsimlangan rejalar orasida ham Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi Prezidenti O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga alohida vaqt ajratdi. Garchi vaqt tig‘iz bo‘lsa-da, hamkor jamg‘arma rahbari bilan respublikamizda qishloq xo‘jaligi istiqbollari, moliyalashtirish va sarmoyaviy loyihalarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat zanjirini hosil qiluvchi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyihaning 2-bosqichini ishga tushirish bo‘yicha shartnomani imzolash masalasi ijobiy hal etildi.
Shu bilan birga, Xalqaro jamg‘armaning mamlakatimizda qarorgohini ochish hamda uning ko‘magida yurtimizda moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida imtiyozli shartlarda mablag‘ ajratish masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: