Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Italiyaning «EniS.p.A.» kompaniyasi Jamoatchilik bilan aloqalar direktori Lapo Pistelli boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari aynan qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bosqichga ko‘tarilayotgani va bu hamkorlik har ikki tomon uchun birdek manfaatli ekani ta’kidlab o‘tildi.
Suhbatda vazir Aziz Voitov O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ko‘pqirrali munosabatlar jadal rivojlanib, keng hamkorlik amaliy tus olayotgani va O‘zbekistonning nafaqat Italiya, balki, butun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorligi oxirgi yillarda sezilarli darajada faollashganini aytib o‘tdi.
Shuningdek tomonlar yurtimizda kanakunjut o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Suhbat chog‘ida kanakunjutni mamlakatimizning sug‘oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin sifatida yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi, uning oziq-ovqat, dori-darmon hamda soch va terini parvarish qilish mahsulotlariga qo‘shimchalar, shuningdek sanoatda moylash materiallari va biodizel yoqilg‘isi komponenti sifatida ishlatilishi qayd etib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kanakunjutni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va birgalikda yangi loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun: «Eni S.p.A.» kompaniyasi Italiyadagi 1953-yilda tashkil topgan eng yirik neft va gaz kompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Rimda joylashgan. Asosiy ishlab chiqarish hududlari – Afrika, Rossiya va Qozog‘iston, asosiy savdo bozori – Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlari. Kompaniyaning sof aktivlari 2022-yil holatiga 152,13 milliard yevroni tashkil etgan. Shuningdek, tovar aylanmasi 2022-yil holatiga 132,512 milliard yevroni tashkil etgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: