Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonovning 2023-yilning 18-dekabrida Markazga tashrifi doirasida ko‘rsatilgan kamchiliklar hamda keyingi ish faoliyati uchun belgilab berilgan rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda markaz hududini obodonlashtirish va mavjud bog‘larda suv tejamkor sug‘orish tizimidan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash tarixi” muzeyining tarixiy holatini saqlagan holda rekonstruksiya qilish bo‘yicha respublika davlat muzeylari xodimlari bilan Yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda tuman yoshlarini muntazam jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, Markazning “Mashina traktor parki” va “Texnikaviy ekspertiza” binolarini ta’mirlash, zarur o‘lchash va sinash vositalari bilan jihozlash va taqqoslash sinovlarini o‘tkazish uchun yangi texnikalarni xarid qilish bo‘yicha qilingan hisob-kitoblar tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida, xodim va mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Shu bilan birga Markazda yaratilgan “SMART” universal pnevmatik don ekish seyalkasi innovatsion loyihasining imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: