audio

    Savol va javoblar
    Yo‘nalish

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2022-yil 24-dekabrdagi PF-269-son Farmoni bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilgan.

    ERI (elektron raqamli imzo) — imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda axborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqliligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.

    Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qoʻmitasi roʻyxatdan oʻtkazish markazining davlat xizmatlari rasmiy veb-sayti e-imzo.uz dan foydalangan holda ERI olishi mumkin.